Oddiy chat AI’si internetdagi umumiy bilimlardan javob beradi. Ishda esa ko‘pincha sizning hujjatlaringiz muhim: tashkilot nizomi, buyruqlar, yo‘riqnomalar. Bilim bazasida AI faqat siz yuklagan hujjatlarga tayanib javob beradi.
Gemini notebooks bepul, bitta notebook’ga 50 tagacha manba qo‘shish mumkin.
1. Yuklang
Nizom, qaror, yo‘riqnoma: PDF yoki Google Docs ko‘rinishida. Bir mavzuga oid hujjatlarni bitta notebook’ga yig‘ing, masalan “Agentlik hujjatlari”.
2. So‘rang
Oddiy tilda savol bering:
Tadbir hisobotini qachon va qanday shaklda topshirish kerak?
Javob faqat yuklangan hujjatlarga tayanadi:
Tadbirdan keyin 3 ish kuni ichida, 2-ilovadagi shaklda. [1]
3. Tekshiring
Har javobda manba raqami ko‘rsatiladi. Uni bosib, javob hujjatning aynan qaysi joyidan olinganini ko‘ring. Muhim qarorlardan oldin manbani albatta o‘qib chiqing.
Qayerda foydali
- Yangi xodim uchun: “Ta’til uchun ariza qanday yoziladi?”
- Ko‘p beriladigan savollar: murojaatlarga tez va bir xil javob.
- Uzun hujjatlar: 80 betlik nizomdan kerakli bandni topish.
- Solishtirish: ikki xil yo‘riqnomadagi farqlar.
Ehtiyot choralari
- Maxfiy va shaxsiy ma’lumotli hujjatlarni (pasport nusxalari, telefon ro‘yxatlari, ichki moliya) yuklamang.
- Hujjat yangilansa, eski versiyani notebook’dan olib tashlang: aks holda AI eski qoidani keltirishi mumkin.
- Manba raqami ko‘rsatilmagan gapga ishonmang: AI hujjatda yo‘q narsani “to‘ldirib” yuborishi mumkin.