Skill: AI’ga bir marta o‘rgatiladigan doimiy yo‘riqnoma. Har safar “rasmiy xat shunday yoziladi, tuzilmasi bunday” deb tushuntirib o‘tirmaysiz: qoidalarni bir marta yozasiz, keyin AI ularni o‘zi qo‘llaydi.
Masalan, tashkilot nomidan rasmiy xat qanday yozilishi: tuzilma, uslub va tekshiruv qoidalari. Skill yuklangandan keyin “rasmiy xat yoz” deyishning o‘zi yetarli.
Claude bepul tarifida ham ishlaydi. Interfeysdagi bo‘lim nomlari vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi mumkin, lekin tartib o‘sha-o‘sha.
1. Yoqing
Settings → Capabilities bo‘limida “Code execution and file creation” imkoniyatini yoqing. Skill’lar shu imkoniyat orqali ishlaydi. Team va Enterprise tariflarida bu sozlamani avval tashkilot egasi yoqadi.
2. Yozing
Kompyuteringizda papka oching (masalan, agentlik-rasmiy-xat) va ichida SKILL.md faylini yarating. Fayl ikki qismdan iborat: tepada nom va tavsif, pastda qoidalar.
---
name: agentlik-rasmiy-xat
description: Rasmiy yoki javob xati yozishda ishlat.
---
# Rasmiy xat
1. Tuzilma: murojaat → asosiy qism → xulosa
2. Uslub: o'zbek lotin, rasmiy, qisqa gaplar
3. Sana va F.I.Sh. o'rniga [ ] qoldir
4. Oxirida tekshir: shaxsiy ma'lumot yo'q
Tavsif (description) eng muhim qator. AI skillni qachon ishga tushirishni aynan shu jumladan biladi, shuning uchun qaysi vaziyatda ishlatilishini aniq yozing.
3. Yuklang
Papkani ZIP qiling, so‘ng Customize → Skills → + → Create skill → Upload a skill orqali yuklang.
Papka nomi skill nomi bilan bir xil bo‘lsin (
name: agentlik-rasmiy-xatbo‘lsa, papka hamagentlik-rasmiy-xat). Nom mos kelmasa yokiSKILL.mdtopilmasa, yuklash xato bilan to‘xtaydi.
4. Sinang
Yangi suhbatda shunchaki yozing:
Rasmiy xat yoz: talabalar uchun qo'shma amaliy loyiha bo'yicha hamkorlik taklifi.
Skill o‘zi ishga tushadi va xat qoidalar bo‘yicha chiqadi:
Hurmatli [F.I.Sh.]! Yoshlar ishlari agentligi talabalar uchun qo‘shma amaliy loyiha bo‘yicha hamkorlik taklif etadi. Uchrashuv sanasini [sana] kelishib olishni so‘raymiz. Hurmat bilan, [lavozim, F.I.Sh.]
Qanday skill’lar foydali
- Hisobot shabloni: bo‘limlar tartibi, raqamlar formati, xulosa qoidasi.
- Brend uslubi: post va e’lonlar uchun ohang, ishlatilmaydigan so‘zlar, imzo.
- Javoblar bazasi: ko‘p beriladigan savollarga tasdiqlangan javoblar.
- Tekshiruv ro‘yxati: hujjatni topshirishdan oldin nimalarni tekshirish kerak.
Boshqa xizmatlarda
Taqdimot tayyorlangan paytdagi holat: ChatGPT’ning shaxsiy akkauntlarida yangi GPT yaratib bo‘lmaydi, Gemini Gems esa 2026-yil noyabridan skill’larga o‘tadi. Ya’ni skill yozish ertangi kunning asosiy ko‘nikmalaridan biri.